Avtobusda sayohat qilish narxlari qanchaga oshdi?
Jamiyat
−
07 dekabr 2021
6066O‘zbekistonda shaharlararo avtobusda sayohat qilish uchun yo‘l haqi narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 9,4 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, noyabr oyidagi shaharlararo qatnovchi avtobuslarda yo‘l haqi oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,4 foizga qimmatlashgan.
Ma’lumot o‘rnida, mamlakatda so‘nggi 10 oy ichida 773 dona, oktyabr oyida 77 dona avtobus ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 110,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 300 mln litrdan ziyod avtomobil benzini import qilingan.
Bundan tashqari, joriy yilning noyabr oyida benzin 9,8 foizga qimmatlashgan. Propan esa aksincha, oy davomida respublika bo‘yicha o‘rtacha 7,2 foizga arzonlashgan, metan narxi o‘zgarishsiz qolgan.
LiveBarchasi