Avtobus yo‘lagiga kirgan haydovchilar qanday jazolanishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
21 dekabr 2022
16819Ichki ishlar vazirligi Toshkentda avtobus yo‘lagiga kirgan haydovchilarga qanday jazo belgilanishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hech qanday sababsiz mazkur yo‘lakka o‘tib harakatlangan haydovchilar uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga ko‘ra, BHMning ikkidan bir qismi (150 ming so‘m), ajratilgan yo‘lakda sababsiz to‘xtab turgan haydovchilar uchun esa MJtKning 128-6-moddasiga ko‘ra, BHMning 2 baravari miqdorida (600 ming so‘m) jarima jazosi belgilanadi.
Avvalroq Toshkent shahrida 475 kmga yaqin 34 ta alohida avtobus yo‘lakchalari tashkil etilishi haqida xabar berilgandi. Birinchi navbatda Alisher Navoiy, Beruniy, Amir Temur va Farg‘ona yo‘li singari markaziy ko‘chalar bo‘ylab avtobus yo‘lakchasi tashkil qilinadi. Qolgan ko‘chalarni qamrab olish uchun esa 1−2 oy talab etiladi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi