Avtobus eshigiga qisilib qolib, yerga yiqilgan yo‘lovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Namangan viloyati Namangan shahrida avtobus eshigiga qisilib qolib, yerga yiqilgan yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 10 fevral kuni soat 09:10 larda, Namangan shahar “Sardoba” MFY Navoiy ko‘chasida ISUZU rusumli avtobusni yo‘l varaqasi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi Navoiy ko‘chasida joylashgan bekat oldida yo‘lovchilarni olib, avtobusni eshigini yopmay, harakatni davom ettirgan. Eshiklarni yopgan vaqtida orqa eshikda turgan yo‘lovchi eshikka qisilib qolib, yerga yiqilgan.

Oqibatda, yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing