Avtobus haydovchilarining maoshi ikki barobarga oshiriladi
Jamiyat
−
15 dekabr 2022
5396O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev jamoat transporti haydovchilarining oylik maoshini 2 barobarga oshirdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati ma’lum qildi.
“Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus haydovchilari joriy yilning dekabr oyidan boshlab kamida 5-6 mln so‘m miqdorida oylik maoshi olishadi”, deyiladi xabarda.
Joriy yilning 13 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumaniga borib, Toshkentdagi 18-son avtobus saroyi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda davlat rahbariga shahar ko‘chalarida tirbandlikni kamaytirish, jamoat transporti xizmatlarini yaxshilash rejalari taqdimot qilingan. Prezident tizimni tanqid qilib, avtobuslarning sonini ko‘paytirish kerakligini va haydovchilarning maoshi oshirilishi kerakligini aytgan.
LiveBarchasi