“Avto oltimish oy” MCHJga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi – IIV

Jamiyat

image

“UzAuto Motors” kompaniyasining Ichki ishlar vazirligiga yo‘llagan murojaati yuzasidan Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Avto oltimish oy” mas’uliyati cheklangan jamiyatining mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1881-moddasi 1-qismi, ya’ni pul mablag‘larini va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyatini tekshirish maqsadida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.  

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari davomida fuqarolarning mol-mulkini jinoiy tajovuzdan himoyalash va “Avto oltimish oy” mas’uliyati cheklangan jamiyatining faoliyati shaffofligini o‘rganish maqsadida, moliya-xo‘jalik faoliyati  hujjatli taftishni o‘tkazish yo‘li bilan  tekshiriladi.

Ayni vaqtda, “Avto oltimish oy”  mas’uliyati cheklangan jamiyatining bosh ofisi va viloyatlardagi filiallarida mavjud buxgalteriya hujjatlarini aniqlab olish maqsadida, tergov guruhlari tomonidan tintuv tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, tadbirkorlik sub’ektining nazorat kirim-chiqim operatsiyalari nazoratga olinadi, lekin faoliyati to‘xtatib qo‘yilmaydi.

Taftish yakuniga ko‘ra, mazkur jamiyat mansabdor shaxslari va boshqalarning harakatlariga huquqiy baho berilib, jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

IIV UzAuto Motors Avto oltimish oy

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing