Avstriya Ukraina YeIga kirishini xohlamayapti

Olam

image

Avstriya Tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a’zo bo‘lishini ta’minlash emas, balki YeI bilan hamkorlikning maxsus modelini topish zarur, deb hisoblaydi. Bu haqda vazirga tayanib, Avstriya matbuot agentligi xabar berdi.

Agentlik xabarida yozilishicha, vazir Ukraina bilan hamkorlikni rivojlantirishning to‘liq a’zolikdan farqli yo‘lini taklif qilgan. Biroq, Shellenberg Ukraina bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish talab qilinishini urg‘ulagan. 

Shuningdek, vazir Ukrainani Yevropa Ittifoqiga kiritish fonida ittifoqqa qo‘shilishni anchadan beri kutayotgan G‘arbiy Bolqon mamlakatlar haqida unutmaslik kerakligini aytib o‘tgan.

“Ukraina kabi davlatni G‘arb va Yevropa Ittifoqi bilan bog‘lash shart emas”, deydi Shellenberg.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

695

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made