Avstriya imperatorining oilasi koronavirusga uchradi
Olam
−
11 mart 2020
5067Avstriyaning so‘nggi imperatori Karl I’ning nabirasi va Gabsburg uyining boshlig‘i Karl Gabsburg-Lotarinskiy oilasi koronavirus sababli karantinga olinadi. Bu haqda OE24 xabar bermoqda.
Gabsburg-Lotarinskiyning so‘zlariga ko‘ra, u Shveysariyaga safaridan taxminan bir hafta oldin gripp belgilari bilan kasallangan. Keyinchalik shifokorlar uni koronavirus bilan og‘riganini aytishgan. Shundan so‘ng uning nabirasi ham ushbu kasallik yuzasidan tashxis topshirganva unda bu ofat aniqlangan.
Shifokorlar ularda kasallik alomatlari zaif ekanligini ta’kidlashmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, bugungi kunga qadar Avstriyada koronavirus uchun besh mingdan ortiq test o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 193 tasi aniqlangan va shu bilan birga, to‘rt kishi ushbu kasallikdan shifo topgan.
LiveBarchasi