Avstraliyada karantinga qarshi namoyishlar bo‘lmoqda (video)
Olam
−
21 Sentabr 2021
2849Avstraliyaning Melburn shahrida COVID-19 cheklovlariga qarshi faol mitinglarn bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar politsiya xodimlariga hujum qildi. Bunga javoban ular maxsus qurol-aslahalardan foydalandi. Bu haqda “Rambler” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, Avstraliyaning ikkinchi yirik shahrida namoyishchilar huquq-tartibot idoralari xodimlariga shisha, tosh va mash’ala otgan. Avstraliya shaharlaridagi norozilik namoyishlari hukumatning qattiq karantin rejimini uzaytirish to‘g‘risidagi qarori bilan bog‘liq.
Xususan, Melburnda pandemiya boshlanganidan beri oltinchi karantin cheklovi kuchga kirgan. Xavfli, yangi “delta” shtammining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida butun mamlakat izolyatsiyaga olingan.
Namoyishlar boshlanidan avval, qurilish ob’ektlarining ikki haftaga yopilishi ma’lum bo‘lgan. Bu esa o‘n minglab odamlarni ishsiz va o‘z-o‘zidan vaqtincha davromadsiz qoldirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 18 sentyabr kuni ham Melburnda karantin cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda mahalliy politsiya namoyishchilarga qarata ko‘zdan yosh oqqizuvchi gazlardan foydalanishga majbur bo‘lgan.
LiveBarchasi