Avstraliya Rossiya va Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

Olam

image

Avstraliya hukumati Rossiya Federatsiyasining yetti nafar fuqarosiga, shuningdek, inson huquqlari buzilishiga aloqador deb hisoblagan Erondan kelgan shaxslar va tashkilotlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llashga qaror qildi. Bundan tashqari, bugun, 10 dekabr kuni Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, bir necha Eron fuqarolari va tashkilotlari Rossiya Federatsiyasiga uchuvchisiz samolyotlar yetkazib berilgani haqidagi da’volar bilan bog‘liq holda sanksiyalar ostida qolgan. 

“Avstraliya hukumati inson huquqlarini poymol qilgan 13 shaxs va ikki tashkilotga, jumladan, Eron axloq politsiyasi, Eron Basij militsiyasi va Eronning olti nafar fuqarosiga Mahsa Amini vafotidan keyin norozilik namoyishlarini zo‘ravonlik bilan bostirishda ishtirok etgani uchun sanksiyalar joriy qilmoqda”, deyiladi Avstraliya Tashqi ishlar vaziri Penni Vong bayonotida. 

Vazirning ta’kidlashicha, 2020 yil 20 avgust kuni Tomsk – Moskva bortida o‘zini yomon his qilgani uchun Omsk shahrida shifoxonaga yotqizilgan Aleksey Navalniyga “suiqasd uyushtirishga aloqador” bo‘lgan Rossiyaning yetti nafar fuqarosiga ham cheklovlar qo‘yiladi. Rossiya tomoni avvalroq uning Charite klinikasiga joylashtirilgan Germaniyaga olib ketilgunga qadar uning tanasida zaharli moddalar topilmaganiga e’tibor qaratgan edi. 

Vong, shuningdek, Eronning uchta fuqarosi va bir korxonaga nisbatan qo‘shimcha iqtisodiy sanksiyalar joriy etilishini ta’kidladi, bu esa Kanberra ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga Eron dronlarini yetkazib berish bilan bog‘liq. Moskva va Tehron Rossiya Ukrainada foydalanish uchun Eron dronlarini yetkazib berayotgani haqidagi ayblovlarni bir necha bor rad etib keladi. 

Avstraliya sanksiyalari

Shu kunga qadar Ukraina atrofidagi voqealar tufayli Avstraliya 850 nafar Rossiya va Belarus fuqarolariga, jumladan, Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoga, shuningdek, Rossiyaning yirik korxona va tashkilotlariga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan. Bundan tashqari, qurol va butlovchi qismlar, neft va gaz qazib olish uchun xom ashyo va uskunalar eksporti, Rossiyadan energiya, qurol va o‘q-dorilarni olib kirish taqiqlanadi. Avvalroq Avstraliya korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarda gumon qilingan Rossiya fuqarolariga, shuningdek, Avstraliya rasmiylariga ko‘ra, advokat Sergey Magnitskiyning "o‘limiga aloqador" shaxslarga nisbatan avtonom sanksiyalar paketini joriy qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing