Avstraliya patriarx Kirillni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
Olam
−
24 fevral 2023
3095Avstraliya hukumati sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya Bosh vazirlari o‘rinbosarlari, vazirlar, gubernatorlar, Moskva va Butun Rus patriarxi Kirillni kiritdi. Bu haqda Avstraliya Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kengaytirilgan sanksiyalar ro‘yxatiga Moskva va Butun Rossiya Patriarxi Kirill, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosarlari Aleksandr Novak, Aleksey Overchuk, Viktoriya Abramchenko, Tatyana Golikova va Denis Manturov, Energetika vaziri Nikolay Chulginov, Uzoq Sharqni rivojlantirish vazirligi rahbari Aleksey Chekunkov, Fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Anton Kotyakov, Tabiiy resurslar vaziri Aleksandr Kozlov, Ta’lim vaziri Sergey Kravsov, Favqulodda vaziyatlar vaziri Aleksandr Kurenkov, Madaniyat va sog‘liqni saqlash vazirlari Olga Lyubimova va Mixail Murashko kiritilgan.
Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va uning rahbari Ella Pamfilovaga ham cheklovlar qo‘yildi.
Avstraliya ro‘yxatga Rossiyaning bir qancha gubernatorlari, FSB chegara xizmati rahbari Vladimir Kulishov, Federal jazoni ijro etish xizmati direktori Arkadiy Gostev, faylasuf Aleksandr Dugin, Rossiya-Xitoy do‘stlik, tinchlik va taraqqiyot qo‘mitasi raisi Boris Titov, Birinchi kanal bosh direktori Konstantin Ernst va Milliy mudofaa jurnali bosh muharriri Igor Korotchenko kiritildi.
Avstraliya sanksiyalari
Shu kungacha Ukraina atrofidagi voqealar tufayli Avstraliya 1 mingdan ortiq Rossiya va Belarus fuqarolariga, jumladan, ikki davlat Prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoga, shuningdek, Rossiyaning yirik korxona va tashkilotlariga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan. Bundan tashqari, qurol va butlovchi qismlar, neft va gaz qazib olish uchun xom ashyo va uskunalar eksporti, Rossiyadan energiya, qurol va o‘q-dorilarni olib kirish taqiqlandi.
LiveBarchasi