Avstraliya 28 nafar rossiyalikni “qora ro‘yxat”ga kiritadi

Olam

image

Avstraliya hukumati tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporoje va Xerson viloyatlarining 28 nafar vakili, shuningdek, vazirlar va yuqori martabali amaldorlarga nisbatan sanksiya qo‘llamoqchi. Bu haqda Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. 

 “Sanksiyalar tan olinmagan DXR va LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qo‘shish bo‘yicha “referendum”larni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi”, deyiladi xabarda.

Hujjatda qayd etilishicha, bu choralar Avstraliyaning noroziligi kuchayishini ifodalaydi. Kanberra bu yo‘nalishdagi hamkorlari bilan harakatlarni muvofiqlashtirish niyatida.

Bayonotda yangi sanksiyalar ostida qolgan rossiyaliklar ro‘yxati keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentyabr kunlari Zaporoje viloyatining bosib olingan hududida, shuningdek, tan olinmagan DXR va LXR hamda bosib olingan Xerson viloyatida “Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha bir tomonlama referendumlar” o‘tkazildi. Zaporoje viloyatida protokollarning 100 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, qo‘shilish tarafdori 93,11 foiz, Xerson viloyatida - 87,05 foiz, DXRda - 99,23 foiz, LXRda - 98,42 foiz.

30 sentyabr kuni esa Putin Ukrainaning Donbass mintaqasidagi tan olinmagan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olish, anneksiya qilish haqidagi shartnomalarni imzoladi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing