“AVO bank”ning bir necha operatsiyalarni amalga oshirishi taqiqlandi

Biznes

image

“AVO bank” (sobiq “O‘zagroeksportbank”) kreditlash, xarajatlarni moliyalashtirish hamda depozit operatsiyalarini amalga oshirishi taqiqlandi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bank ustav kapitalining eng kam miqdori 2023 yilning 1 sentyabridan e’tiboran 200 mlrd so‘mni tashkil etishi zarurligi belgilangan.

Bugungi kun holatiga ko‘ra “AVO bank”ning ustav kapitali 105 mlrd so‘mni tashkil etgan holda bank ustav kapitali miqdori qonunchilik talablariga muvofiqlashtirilmagan.

Bank nazorati qo‘mitasi qaroriga asosan ushbu bankka nisbatan kreditlash va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish hamda depozit operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati sobiq “O‘zagroeksportbank”ning 100 foiz ulushini Rossiyaga sotishi haqida xabar berilgandi. “O‘zagroeksportbank” 2017 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan, bank respublika agrosanoat majmuasi korxonalarini kreditlashga ixtisoslashgan.


Maqola muallifi

Teglar

AVO bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar