“Aviasozlar” bozoridagi yong‘inga nima sabab bo‘ldi? Kompensatsiya qoplab beriladimi?

3-sahifa

Joriy yilning 13 dekabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. QALAMPIR.UZ yong‘in tafsilotlarini o‘rganish uchun voqea joyiga yetib bordi.

Bildirilishicha, soat 01:30 da  Beshariq ko‘chasida joylashgan bozorning ma’muriy binolaridan biri yonayotgani haqidagi xabar poytaxt FVBga kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari soat 01:34 da voqea joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlariga kirishgan. Yong‘in 02:29 da qurshab olinib, to‘liq 03:03 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

“Olovda ho‘l-u quruq baravar yonadi”, deganlaridek, tadbirkorlarning do‘kondagi barcha mahsulotlari yonib ketgan. Biroq yong‘in sabablari haqida ularning ham o‘z aytar gaplari bor.

“12 oyda biz bir martta shunday savdo qilamiz. Savdo qilamiz deb bir qancha mahsulotlar sotib olingan. Nimadir pul qilamiz deb yangi yilga harakat qilgan joyimiz edi. Mana hamma narsamiz yonib ketdi. Hech kimda pul yo‘q. Hammamiz kredit olgan edik”, deydi sotuvchilardan biri

“Bu yerda mahsulotim juda ko‘p bo‘lmagan. Sababi men kunlik sut-qattiq mahsulotlarini sotaman. Kechqurun 6 mln 146 ming astatka olib chiqib ketgan edim. Ammo maishiy texnika: muzlatkich, konditsioner va boshqa hamma narsam yonib ketgan. Hech narsam qolmagan”, deydi tadbirkor ayol.

Ushbu reportajni to‘liq shaklda yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube-kanalida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

“Aviasozlar” bozori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar