Aviakompaniyalarga Eron va Iroq ustidan uchmaslik tavsiya qilinmoqda
Olam
−
08 yanvar 2020
4873“Rosaviatsiya” uyushmasi aviakompaniyalarga Eron va Iroq havo hududini aylanib uchishni maslahat bermoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Xalqaro parvozlarni amalga oshirishda mavjud bo‘lgan xatarlar tufayli, rosaviatsiya Eron va Iroq, Fors ko‘rfazi va Ummon bo‘g‘ozi ustidagi havo hududidan foydaldanmaslikni maslahat beradi”, deyiladi xabarda.
Ayni damda Air France Air Astana aviakompaniyalari ham ushbu hududlar ustidan parvoz qilmasliklarini e’lon qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 8 yanvar kuni Eronda Tehron xalqaro aeroportidan uchgan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737 samolyoti halokatga uchradi.
Aviahalokat natijasida samolyotda bo‘lganlarning barchasi qurbon bo‘ldi.
Tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda halokatga uchragan samolyotda:
- Eron fuqarolari - 71 nafar
- Kanada fuqarolari -73
- Germaniya fuqarolari – 4
- Buyuk Britaniya fuqarolari – 3
- Shvetsiya fuqarolari – 8
- Afg‘oniston fuqarolari - 6
- 2 nafar yo‘lovchi va 13 nafar ekipaj a’zolari Ukraina fuqarolari bo‘lgan.
LiveBarchasi