Avgustdan O‘zbekistonda o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi delegatsiyasi O‘zbekistonda o‘zbek-xitoy vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun infratuzilmaviy imkoniyatlarni baholash maqsadida Toshkentga kelgani xabar qilingandi.

Joriy yilning 24 iyul kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida kompaniya bosh muhandisi Van Chji Szyun, xorijiy mamlakatlarga eksport qilish bo‘limi direktori Chen Fan U ishtirokida O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokara o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda qayd etilishicha, Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi bilan qisqa muddatlarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolanishiga kelishildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda COVID-19 virusining bugungi kunda tarqalish sur’atlarini inobatga olib, mamlakatimizda vaksina ishlab chiqarish uchun Xitoy tomonidan xomashyo yetkazib berish muddatlari va hajmi borasida dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Tomonlar O‘zbekistonda birinchi bosqichda avgust oyidan boshlab oyiga 10 mln doza vaksina ishlab chiqarish va keyinchalik bu ko‘rsatkichni yiliga 300 mln dozaga qadar olib chiqish bo‘yicha fikr almashdilar.

Shuningdek, Xitoy tomoni bilan yaqin kelajakda vaksina ishlab chiqarish texnologiyasini transfer qilinishiga kelishildi. O‘zbekiston olim va mutaxassislarining mazkur sohadagi malakalarini oshirish maqsadida Xitoy va O‘zbekistonda bir vaqtda o‘qitish ishlari boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing