Avgust oyida iste’mol narxlari qanchaga o‘sgani aytildi

Jamiyat

image

2020 yilning avgustida iste’mol narxlari va tariflari darajasi oy davomida o‘rtacha 0,5 foizga ko‘tarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, meva va sabzavot narxlarining o‘zgarishi hisobga olinmasa, ushbu ko‘rsatkich darajasi 0,8 foizni tashkil etadi.

2020 yilning yanvar-avgust oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,8 foizga ko‘tarildi.

Yillik davrda (2019 yilning avgustiga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 11,7 foizni tashkil etdi.

2019 yilning avgustida tovarlar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 2,9 foizga ko‘tarilgan. Meva va sabzavot narxlarining o‘zgarishini hisobga olmaganda, ushbu ko‘rsatkich darajasi 3,2 foizni tashkil etgan.

2019 yilning yanvar-avgust oylarida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 8,2 foizga qimmatlashgan. 2018 yilning avgustiga nisbatan 2019 yilning avgust oyida tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 16,5 foizga oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

inflyatsiya

Baholaganlar

54

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing