Attestat va diplomga apostil qo‘yishda oshirilgan yig‘im joriy etildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilgani uchun oshirilgan yig‘im joriy etildi. Bu haqda Norma nashri yozmoqda.
 
Ma’lumot uchun: apostil – hujjatni imzolagan sifatida ish ko‘rgan shaxsning imzosi haqiqiyligini va hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan 1961 yilgi Gaaga konvensiyasiga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan maxsus shtamp.

Bu holatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan yig‘im undiriladi. Uning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizini tashkil etadi, bu boshqa hujjatlardagiga qaraganda 2 baravar ko‘pdir. Kelib tushgan mablag‘larning 60 foizi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining hisob raqamida qoladi, 40 foizi esa – davlat byudjetiga o‘tkaziladi.   
 
Apostil qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. O‘zgartirishlar Prezidentning 2019 yil 16 yanvardagi qarorining 10-bandi "a" kichik bandiga muvofiq tayyorlangan.
 
Hujjat 30.09.2019 yildan kuchga kirgan
 


Maqola muallifi

Teglar

Attestat va diplomga apostil'

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar