Atrofimizdagi go‘zallik: 2024 yilda interer uchun trenddagi 10 ta tovar
Biznes
−
27 avgust
4178Moda sohasida bo‘lgani kabi interer yechimlarida ham o‘ziga xos trendlar mavjud. Bugungi kunda dekor tanlashda har bir elementning ekologikligi va innovatsionligiga katta e’tibor qaratilmoqda. Interer dizaynerlari o‘z loyihalarida faol qo‘llayotgan retro va “sokin hashamat” uslublari hamon dolzarbligicha qolmoqda. Sizlar uchun uyingizda o‘z o‘rnini topishi aniq bo‘lgan noodatiy buyumlarning kichik ro‘yxatini tayyorladik.
Ushbu mavsumda odatdagidek minimalizm va tabiiylik urfda. Ularning uyg‘unligi tabiiy materiallardan foydalanishni nazarda tutuvchi ekologik yo‘nalishga juda mos keladi. Bunday intererda japandi va boxo uslubidagi bezaklar, shuningdek, jonli o‘simliklar ajoyib ko‘rinadi.
2024-yilning asosiy rangi – “Peach Fuzz” shaftoli rangi. U kiyimlarda ham, intererda ham faol qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari, uy dekori uchun mayin va iliq, ayniqsa, asal, shokolad, loy ranglarining uyg‘unligi aktual bo‘lib qolmoqda. Xonaga rang qo‘shish uchun to‘yingan yashil va ko‘k rangdagi detallarni ham kiritish mumkin.
Uyga yangi ko‘rinish taqdim etish uchun to‘liq ta’mirlash shart yemas. Atigi bir nechta yangi aksentlar qo‘shish kifoya. Barcha kerakli narsalarni vaqt va mablag‘ni tejagan holda marketpleyslardan topish mumkin. Biz Ozon'da uchratishingiz mumkin bo‘lgan o‘zgacha dekor buyumlari g‘oyalarini to‘pladik.
1. Devorga panno makrame – xona uchun Skandinaviya uslubidagi hashamatli bezak. To‘ylarni bezatish uchun ishlatish, shuningdek, yaqin kishiga sovg‘a sifatida berishga juda mos keladi.
2. Aqlli qandil – ovoz bilan boshqariladigan svetodiod chiroq bo‘lib, u barcha turdagi shiftlarga, shu jumladan tortma shiftlarga ham mos keladi. Kayfiyatga qarab yorug‘lik tusini o‘zgartirish, yulduzli osmon yoki miltillash funksiyasini yoqish mumkin. Smartfonda ilova orqali boshqariladi va turli ssenariylarni ishga tushirish imkoniyatiga ega. Marketpleysda istalgan intererga mos keladigan turli modellar taqdim etilgan.
3. Yog‘ochdan yasalgan chiqindi savati – zamonaviy dizayn va tabiiy materiallarni uyg‘unlashtirgan minimalistik interer detali. Egilgan qayin faneridan ishlangan. Eng muhimi, u juda noodatiy ko‘rinadi!
4. Toshdan ishlangan vaza – uning nafis shakli funksionallik bilan uyg‘unlashgan. Bu nafaqat maxsus buyum, balki tirik yoki quritilgan gullardan iborat guldastani qo‘yish mumkin bo‘lgan amaliy bezak elementi hamdir.
5. Yog‘och massividan yasalgan jurnal stoli – do‘stlar bilan yumshoq yostiqlar bilan qulay joylashib, choy marosimini o‘tkazish uchun ideal mos keladi. Modellar ko‘p: qoraqayin, Kareliya qayini, eman va boshqalar.
6. Dekorativ yog‘och parda – interer dizayniga o‘tgan o‘n yilliklarning vizual uslublari qaytmoqda. Retro uslubidagi elementlar raqamli lampa davriga bo‘lgan sog‘inch ohangini qo‘shadi.
7. Servirovka uchun “Oltin barg” likopchasi – sariq metall detallari intererni jonlantirish uchun juda mos keladi. Hozirgi kunda oltin, jez va bronza trendda. Bunday likopcha nafaqat funksional va nafis, balki atrofga alohida urg‘u berish xususiyatiga ham ega..
8. Xushbo‘y sashe – uyning shinamligiga nafaqat chiroyli va funksional dekor hamda tekstil buyumlari, balki sevimli iforlar ham kerak. Bunday sashelar xushbo‘y hid uyning har bir burchagiga yetib borishiga yordam beradi, shu bilan birga juda ekologik: ular maxsus moylar qo‘shilgan 100% soya mumidan tayyorlanadi.
9. Vanna va oshxona uchun retro uslubidagi aralashtirgich – qadimiy ko‘rinishga ega innovatsion qurilma. Bronza qoplamali jezdan yasalgan va premium toifadagi santexnikaga kiradi. U idish shaklidagi rakovina va retro uslubidagi vanna bilan yaxshi uyg‘unlashadi.
10. Pechvork uslubidagi pled – ko‘plab rang-barang mato parchalaridan bo‘lgan zamonaviy va qulay yopinchiq. O‘zining amaliy va o‘ziga xos dizayni bilan har qanday intererga ajoyib qo‘shimcha bo‘ladi. Ozon'da ko‘plab ranglar va shakllar taqdim etilgan.
Ozon saytida uy uchun tekstil buyumlari, mebellar, turli dekor buyumlari va har qanday didga mos keladigan boshqa zarur narsalarni topish mumkin. Bu yerda 20 dan ortiq toifada 370 milliondan ortiq tovar nomlari taqdim etilgan, tematik to‘plamlar va chegirmalar sahifalari muntazam ravishda yangilab boriladi. Masalan, hozirda deyarli bepul berilayotgan tovarlarni tugatish aksiyasi davom etmoqda. Uyingiz ko‘rinishini yangilash va trendda bo‘lish uchun Ozon'ga tashrif buyuring!
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi