Muxlislar: Sizlar ”Atletiko“ libosiga loyiq emassizlar 

Sport

image

"Atletiko Madrid" muxlislari jamoaning Yevropa Chempionlar ligasidagi o‘yinidan qattiq norozi bo‘lishdi. "Matraschilar" o‘z tarixida birinchi marta guruhda oxirgi o‘rinni egalladi.

Ispaniya klubi YeCHL guruh bosqichining so‘nggi turi doirasida "Portu"ga qarshi safarda (1:2) o‘yin o‘tkazdi. Muvaffaqiyatsizlikdan keyin muxlislar yechinish xonasiga kirib ketayotgan futbolchilarga qarab: “Sizlar bu futbolkaga loyiq emassizlar”, deya baqirishgan.

Ispaniya chempionatida "Atletiko" turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Keyingi o‘yinni Diyego Simeone jamoasi "Espanol"ga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda ispan klublaridan faqat Madridning "Real"i YeCHLda guruhdan chiqishni uddaladi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing