“Atletiko Madrid” Ronalduni sotib olmaydi
Sport
−
18 iyul 2022 4185 1 daqiqa
Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olishni rejalashtirmagan. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Madrid klubi 37 yoshli Ronalduning potensial transferini iqtisodiy jihatdan imkonsiz va foydasiz deb atamoqda. Ayni damda “matraschilar” portugaliyalikning na yuqori maoshini, na transfer pulini to‘lash qobiliyatiga ega.
Qayd etilishicha, hujumchining “Atletiko”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni Ronalduning atrofidagilar va agenti Jorje Mendesh tarqatmoqda. Madrid klubi rahbariyati ushbu xabarlarni darhol rad etgan.
Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘tgan mavsumda “qizil iblislar” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urishga erishgan. “Transfermarkt” portali portugaliyalik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.
Live
Barchasi