“Atletiko”ga o‘tgan Suares qaysi raqam ostida o‘ynaydi? 

Sport

image

Kecha, 25 sentyabr kuni "Barselona"ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares "Atletiko"ga ko‘chib o‘tdi. Shu kuni u madridliklar bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub Matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, urugvaylik forvard "matraschilar" safiga erkin agent bo‘lib qo‘shildi. Lekin, kataloniyaliklar Suaresning yutuqlariga qarab, uning ortidan 6 million yevro bonus ishlab olishlari mumkin. Luis "Atletiko" bilan 2 yillik bitim tuzdi. Hujumchi yangi jamoasida ham 9 raqamda o‘ynaydi.

Suaresga qadar ushbu raqam "Yuventus"ga o‘tgan Alvaro Morataga tegishli edi. 9 raqamda bunga qadar Radamel Falkao, David Vilya, Fernando Torres va Mario Manjukich singari mashhur futbolchilar ham o‘ynagan.

Suaresning yangi jamoasidagi debyuti shu hafta oxirida bo‘lib o‘tadigan "Granada"ga qarshi bahsda bo‘lishi kutilmoqda.

Statistika mutaxassislarining ma’lum qilishicha, urugvaylik hujumchi “Barselona” tarkibida 283 ta o‘yinda maydonga tushib, jamoasining 295 ta golida bevosita ishtirok etgan. Luis bu uchrashuvlarda raqiblar darvozasini 198 marta ishg‘ol qilgan. Shuningdek, jamoadoshlariga jami 97 marotaba golli pas uzatgan.

 

Suares “Barselona”ga 2014 yili “Liverpul”dan taklif etilgan edi. Bungacha tajribali hujumchi “Ayaks”, “Groningen” va “Nasonal” kabi jamoalarda  to‘p surgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing