Atlantika okeanida paydo bo‘lgan “Elza” bo‘roni AQSHga yopirilmoqda

Olam

image

Atlantika okeanida “Elza” bo‘roni vujudga keldi, u allaqachon Gaiti va Dominikan Respublikasiga yetib borgan. Kuba va Amerikaning Florida shtatiga yo‘l olmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, gap beshta birinchi toifadagi bo‘ron haqida ketmoqda, uning maksimal shamol tezligi soatiga taxminan 130 km bo‘lgan. Gaiti aholini yaqinlashib kelayotgan bo‘ron haqida ijtimoiy tarmoqlarda ogohlantirgan, rasmiylar odamlarni xavfsizlik nuqtai nazaridan qirg‘oq hududlarini tark etishga chaqirgan.

U yerda bugun, 3 iyulning ikkinchi yarmida bo‘ron bo‘lishi kutilmoqda. Hozirda bo‘ron, allaqachon. daraxtlarni qulatgan, elektr ta’minotini to‘xtatgan, infratuzilmani buzgan va ekinlarni yo‘q qilgan. Xuddi shunday holat Karib dengizining bir nechta shtatlari — Barbados oroli, Sent-Lyusi, Sent-Vinsent va Grenadinada ham kuzatilmoqda.

Uраган "Elza" сформироvaлся в Атлантическом океане и движется к США

Yaqinlashayotgan bo‘ron haqida ogohlantirish, Yamayka, Dominikan Respublikasi va Kubaning bir nechta provinsiyalari tomonidan ham e’lon qilingan. Dominikan Respublikasida rasmiylar bo‘ron arafasida odamlar uchun 2,4 mingdan ziyod boshpana tashkil qildi, u yerda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, toshqinlar bo‘lishi ham istisno etilmagan.

Elza Florida shtatiga kelasi haftaning seshanba kunigacha etib borishi kutilmoqda, ammo Mayamidagi Milliy bo‘ronlar markazi bu vaqtga kelib, u tropik bo‘ronda kuchsizlanib qolishini taxmin qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing