Atigi 17 ming so‘mga 550 kilometr. Hongqi'dan yangi elektrokar taqdim etildi

Biznes

Kelajak – elektromobillarniki. Ular boshqa avtomobillarga qaraganda ko‘plab ustunliklarga ega bo‘lgani uchun dunyo bo‘ylab trendga chiqmoqda. 

E’tiboringizga elektromobillarning yorqin avlodi – Hongqi’ni havola etamiz. Agar yaqinlaringizning xavfsizligini chindan ta’minlashni istasangiz, unda Hongqi elektromobillari aynan siz uchun. Chunki Hongqi boshqa avtomobillardan farqli o‘laroq, gaz va benzin kabi yoqilg‘i vositasida emas, balki elektr energiyasida yuradi.

Siz ushbu avtomobilni xarid qilib, shahar ichi va viloyatlar, hatto, tog‘li hududlarga ham oila a’zolaringiz bilan sayohatga chiqishingiz mumkin.

Hongqi avtomobillari xavfsizligingizni ta’minlaydi. Siz avtomobil bilan tirbandlikda qolib ketgan taqdiringizda ham to‘ldirilgan elektr energiyasini bekorga sarf bo‘lishidan xavotir olmaysiz. Ushbu avtomobil bilan siz yonilg‘i shoxobchasida soatlab navbat kutish nima ekanligini mutlaqo unutasiz.

Elektromobilning eng katta yutug‘i – ular ekologik toza va o‘zidan har xil zararli gazlar chiqarmaydi. Kelajak avlod uchun ham munosib ona sayyora qoldirish haqida qayg‘urish vaqti keldi.

Qayd etish kerakki, Hongqi avtomobilining eng so‘ngi rusumlari Toshkent shahriga keltirildi. Uning taqdimot marosimi esa joriy yilning 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Elektrokarlar ixlosmandlari yig‘iligan taqdimotda Hongqi elektrokari haqida barcha ma’lumotlar berildi.

U o‘ziga xos mashina bo‘lib, xavfsizlik, qulaylik, kuch, ishonchlilik, ekologik toza, samaradorlik beruvchi avtomobildir.

Hongqi E-HS9 premium modellar oilasiga kiruvchi avtomobil hisoblanib, elektr dvigatel bilan jihozlangan. Avtomobil to‘liq batareya bilan 550 kilometr yuradi. Uni uy sharoitida atigi 17 ming so‘m evaziga tez va qulay zaryadlab olish mumkin. Shuningdek, Hongqi E-HS9 450 ot kuchiga ega bo‘lib, soatiga 100 kilometr tezlikka chiqishi uchun atigi 4,9 soniyaning o‘zi yetarli. O‘zbekistonga esa modelning 6 kishilik bazaviy va 4 kishilik lyuks modifikatsiyasi olib kelingan.

Yangi Hongqi E-HS9 seriyasi munosib e’tirofga ega bo‘lib, jamityaning avtomobil haqidagi taassurotlarini o‘zgartiradi. Bu mashina hattoki, nozik didli mijozlarga ham birdek yoqishi aniq.

Siz FAW Bestune Hongqi rasmiy dilleridan tomonidan taqdim etilayotgan sifatli, ishonchli elektromobillarni rasman 5 yil yoki 150.000 kilometr kafolat muddati bilan xarid qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: 

+998909309026+998911920806

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

545

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing