Atamboyev yana tergovdan bosh tortdi
Olam
−
09 avgust 2019 7886 1 daqiqa
Hukumat tomonidan hibsga olingan Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Bu haqda juma kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda sobiq davlat rahbarining advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Zakon.kz”.
“Atamboyev tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi va hech qanday hujjatga imzo chekmadi”, dedi u.
Slesarevga ko‘ra, gap ehtiyot chorasini o‘zgartirish haqidagi iltimosnoma, ehtiyot chorasi to‘g‘risidagi hujjat, shuningdek, so‘roq bayonnomasi va protsessual qoidalarda ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar bo‘yicha qaror haqida ketmoqda.
Live
Barchasi