Asus ikki ekranli noutbukini taqdim etdi
Texnologiya
−
28 may 2019 6387 1 daqiqa
Asus kompaniyasi Tayvanda bo‘lib o‘tayotgan Computex-2019 axborot va kompyuter texnologiyalari ko‘rgazmasida ikki xil ZenBook Duo va ZenBook Pro Duo ikki ekranli noutbukini taqdim etdi.
Noutbuk ikkita sensorli ekran bilan jihozlangan. Avval ham shu kabi prototiplar haqida ko‘p gapirilgan bo‘lsa-da, biroq endigina bu amalga oshirildi. Ushbu yangi noutbuk 2019 yilning uchinchi choragida sotuvga chiqariladi. Biroq uning narxi ochiqlanmagan.
Asus kompaniyasining 30 yilligiga bag‘ishlab chiqarilgan ikkala noutbuk ishxona, o‘yinlar va dasturchilar uchun mo‘ljallangan versiyalarda ishlab chiqiladi.
Live
Barchasi