Asossiz qamalgan Saudiya malikasi uch yil o‘tib ozod qilindi
Olam
−
09 yanvar 2022
16444Saudiyalik malika va uning qizi qariyb uch yil davomida hech qanday ayblovsiz ushlab turilganidan so‘ng, qattiq tartibli qamoqxonadan ozod etildi.
Malika Basma bint Saud 2019 yilning mart oyida Shveysariyaga uchib ketayotgan paytida hibsga olingan.
U va qizi nima sababdan qamoqqa olingani nomu’lum bo‘lgani tarzda, o‘tgan uch yil mobaynida ularga nisbatan hechqanday ayblov ham qo‘yilmagan.
Ba’zi faollar uning mamlakt bo‘ylab inson huquqlari targ‘iboti va konstitutsion islohotlarni talab qilib chiqqani uchun hibsga olingan, deya hisoblaydi.
Uning oilasi 2020 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yo‘llagan yozma bayonotida aytilishicha, malika mamlakatdagi “zo‘ravonlik va jinsiy tajovuzlarni ochiqdan-ochiq tanqid qilgani” uchun ta’qibga uchragan.
Boshqa bir faollar guruhiga ko‘ra, uning qamalishi hozirda uy qamog‘ida saqlanayotgan sobiq valiahd shahzoda Muhammad bin Nayif bilan yaqin aloqada bo‘lgani bilan bog‘liq.
57 yoshli malika Basma, o‘tgan yili aprel oyida Saudiya qiroli Salmon va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonga murojaat qilib, o‘zining aybsiz ekani va sog‘lig‘i yomonlashgani sababli uni ozod etishlarini so‘ragan.
Ammo 2019 yilda qamoqqa olingan malika o‘sha paytda nima sababdan xorijga chiqib ketayogan bo‘lgani noma’lumligicha qolmoqda. Uning o‘zi safari sababini davolanish bilan bog‘lagan.
Saudiyadagi inson huquqlari tashkiloti ALQST’ning Twitter’da ma’lum qilishicha, malika poytaxt chetidagi Al-Ha’ir qamoqxonasida bo‘lgan vaqtida “sog‘liq uchun zarur bo‘lgan tibbiy yordamlardan mahrum qilingan".
Malika Basma Saudiya Arabistonini 1953-1964 yillarda boshqargan qirol Saudning kenja qizi.
Behruz Saidov
LiveBarchasi