Asosiy dori vositalarining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi
Jamiyat
−
03 Sentabr 2023
9512Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan yangilangan asosiy dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda vazirlikning Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlari ro‘yxati (ADVR)ni tuzish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq respublika hududida amal qiladigan farmakoterapevtik tasniflash asosida shakllantiriladi.
Mazkur ro‘yxatdan:
- tibbiyot muassasalarining ehtiyojini tahlil qilishda;
- xaridlarni oqilona tashkil etish va dori vositalarini taqsimlashda;
- xodimlarni uni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatishda;
- mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan asosiy dori vositalari ishlab chiqarilishini rag‘batlantirishda;
- asosiy dori vositalari mavjudligini monitoring qilish va narxini shakllantirishda foydalaniladi.
Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomi bilan dozasi va chiqarilgan shakli ko‘rsatilgan holda ADVR'ga kiritiladi.
Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomga ega bo‘lmagan taqdirda, uning o‘rnini bosuvchi nom yoki tarkib ko‘rsatiladi.
Yangi ro‘yxatda 65 guruhga mansub dori vositalari o‘rin egallagan. Batafsil bu manzilda tanishishingiz mumkin.
LiveBarchasi