Asli o‘zbekistonlik biznesmen Ronalduga 1,5 mlrd so‘mlik soat sovg‘a qildi (foto)

Sport

image

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida Jacob&Co soatlar butiki ochilishida 105 ming yevrolik (1 milliard 315 million so‘m) ushbu aksessuar bilan taqdirlandi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Ronalduga sovg‘a qilingan soatda futbolchining surati bor. Shuningdek, u 26 ta oq olmos bilan bezatilgan.

Kompaniya Ronalduning faoliyatidagi eng yaxshi lahzalarni aks ettiruvchi yangi kolleksiyani taqdim etishni rejalashtirmoqda.

To‘plamdagi eng qimmat soat 131 ming yevro turadi.

Ma’lumot uchun, Jacob&Co brendi egasi asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Yoqub Arabovdir. U 1965 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ko‘pgina mashhur shaxslar va shou-biznes vakillari Jacob&Co brendining doimiy mijozi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Jacob&Co

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing