Askiya san’atining zabardast vakillaridan biri vafot etdi
Jamiyat
−
16 fevral 2022
13802Bugun, 16 fevral kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jo‘raxon Po‘latov 88 yoshida vafot etdi.
Jo‘raxon Po‘latov 1934 yilning 10 iyun sanasida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tavallud topgan. Marhum askiya san’atining zabardast vakillaridan biri edi. U uzoq yillar madaniyat sohasining turli yo‘nalishlarida, xususan, Qo‘qon shahar Xamza nomidagi o‘zbek davlat musiqali drama teatri hamda Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida mehnat qilgan.
“Jo‘raxon Po‘latov halqona, samimiy kulguga boy har bir chiqishlari bilan xalqimiz mehrini qozondi. San’at olamida o‘zidan o‘chmas iz qoldirgan ustoz san’atkorning yorqin xotirasi hamisha qalbimizda qoladi”, deya xotirlaydi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov marhumni.
LiveBarchasi