Ashxobodda “Toshkent” bog‘i quriladi. “Arqadag‘” O‘zbekiston kompaniyalarini tenderga taklif qildi

Jamiyat

image

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahri markazida O‘zbekiston poytaxti sharafiga zamonaviy “Toshkent” madaniyat va istirohat bog‘ini loyihalashtirish va qurish uchun tender e’lon qilindi. Bu haqda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Shavkat Mirziyoyevga yozgan maktubida so‘z boradi.

Turkmaniston Prezidenti O‘zbekiston kompaniyalarini ushbu tenderda ishtirok etishga taklif qildi.

“Ayni vaqtda Sizga shuni ham ma’lum qilmoqchimanki, kuni kecha Ashxobod markazida O‘zbekiston poytaxti sharafiga zamonaviy "Toshkent" madaniyat va istirohat bog‘ini loyihalashtirish va qurish uchun tender e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston kompaniyalarini ushbu tenderda ishtirok etishga taklif qilaman”, deb yozadi Berdimuhamedov.

Turkmaniston Prezidentining Shavkat Mirziyoyevga maktubi to‘liq matni bilan mana bu manzilda tanishish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing