AQSHda qora tanli bolalarni paxta terib qo‘shiq aytishga majbur qilishdi
Olam
−
23 fevral 2019
7494Amerikaning Janubiy Karolina shtatida 10 yoshli qora tanli o‘quvchilarni maktab safari vaqtida maydonda paxta terib qo‘shiq aytishga majbur qilishdi. Bu g‘alati dars videosi internetda paydo bo‘lishi AQSHda ijtimoiy noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.
Kadrda 5-sinf o‘quvchilarining o‘qituvchisi nazoratida paxta terib qulchilik davrida aytilgan qo‘shiqqa o‘xshash ashula kuylagan holati tasvirlangan. Videoni Rok-Xill shahrida joylashgan Ebenezer-avenyu maktabi o‘qituvchilari tasvirga olgan va bolalarning ota onalariga yuborgan.
"Bu holat meni qattiq g‘azablantirdi. Men afroamerikalikman, mening ajdodlarim esa paxta terishgan. O‘g‘limning paxta terayotganini tomosha qilishimni kim istadi, bu kulgulimi?”, deydi “FoxNews” efirida noroziligini ochiq namoyish qilgan onalardan biri.
Maktabda paxta dalasiga sayohat tarix fanidan uyushtirilgani, o‘quvchilarda qulchilik davri haqidagi tasavvurni paydo qilish uchun ochiq dars tarzida o‘tkazilgani ma’lum qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, 19 fevral kuni AQSHda 11 yoshli qora tanli o‘quvchini davlat bayrog‘i oldida qasamyod qilishdan bosh tortgani uchun ozodlikdan mahrum etishgan. O‘quvchi maktab o‘qituvchilarining irqchiligini bunga sabab qilib ko‘rsatgan.
LiveBarchasi