Asakada o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi 

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchisi o‘quvchi qizni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati Asaka tumani hokimligi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, hodisa joriy yilning 2 aprel kuni tumandagi 38-umumta’lim maktabida dars tugashi paytida 10-A sinfida sodir bo‘lgan. 

O‘qituvchi va o‘quvchilar  o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Bunga o‘quvchilarning hech qanday sabablarsiz ketma-ket ikki kun darsdan qochib ketishi va dars jarayonlariga qatnashmayotgani sabab bo‘lgan.

O‘rganish davomida esa o‘qituvchi R.D. va o‘quvchilar I.S., M.M., Sh.Z. va B.O‘. murosaga keltirilgan. 

“Ayni paytda ular o‘rtasida hech qanday adovat mavjud emas. O‘qituvchi ishchi guruh tomonidan ham odob-axloq normalariga qat’iy rioya qilishi to‘g‘risida jiddiy ogohlantirildi. Kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik xar qanday masalani vazminlik bilan hal etilishi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘quvchilarning ota-onalari bilan ham suhbat olib borilib, farzandlarini doimiy dars jarayonlariga qatnashishini nazorat qilishlari to‘g‘risidan tushunchalar berildi”, deyiladi munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

509

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing