Asaka tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 10 noyabr kuni Andijon viloyati Asaka tumani "Komolot" mahallasida joylashgan kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, yong‘in soat 00:42 da boshlangan. Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan FVV viloyat boshqarmasining 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib kelgan. Ular yong‘inni 40 daqiqa ichida to‘liq o‘chirishgan. 

Yong‘indan buyum bozorining 80 m.kv. maydoni yonib zaralangan. Yong‘in natijasida buyum bozorida joylashgan 4 ta do‘konga qisman zarar yetgan. 

FVV qutqaruvchilarining tezkor harakatlari natijasida buyum bozorining 3000 m.kv. maydoni yong‘indan saqlanib qolingan.

Ma’lumot uchun, yong‘inning sababi va yetkazilgan zarar miqdori mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda. Yong‘indan tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing