Artel kompaniyasi Qozog‘istonda yangi zavodni ishga tushirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Biznes

image

Artel savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika va elektronika mahsulotlari nafaqat respublikamiz ichki bozorida, balki tashqi bozordagi kuchli raqobat sharoitiga qaramasdan o‘z o‘rni hamda is’temolchisiga ega.

Jumladan, Qozog‘iston Respublikasi Artel kompaniyasining eksport geografiyasida strategik jihatdan muhim o‘ringa ega davlat hisoblanadi. Ushbu davlatga eksport miqdori 2019 yilda 21 mln. dollar, 2020 yilda 31 mln. dollarni tashkil qilib, kompaniya eksport ko‘rsatkichining 30 foizini tashkil qiladi.

O‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida, joriy yilning 22 dekabrida Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyati hoqimligi taklifiga asosan mahsulotlar eksportini va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Artel kompaniyasi vakillaridan iborat ishchi guruh Turkiston viloyatida xizmat safarida bo‘ldi. Xizmat safari davomida Turkiston viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Meirjan Mirzaliyev bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazildi. 

Artel vakillari tomonidan 2021-2023 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan, umumiy qiymati 85 mln. dollar, yillik ishlab chiqarish quvvati 500 ming dona gaz plitalar, 1 mln. dona elektr suv isitgichlar ishlab chiqarish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Hokimiyat vakillari o‘z navbatida, Qozog‘iston Respublikasida loyihani amalga oshirish uchun kredit mablag‘lari, yer ajratish hamda soliq to‘lovlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Loyihani amalga oshirishga “Turkistan Invest” hududiy agentligi yordamida loyiha qiymatini to‘liq miqdorida Qozog‘iston Respublikasining tijorat banklari tomonidan imtiyozli shartlar asosida ajratiladigan kredit mablag‘lari hisobiga amalga oshirishga kelishib olindi.

Bugungi kunda, Artel mahsulotlari Qozog‘iston Respublikasining yirik elektrotexnika mahsulotlari savdosini tashkil qiluvchi “Sulpak” savdo do‘konlari hamda “Technodom” internet savdo do‘konlari orqali sotilmoqda. 

Artel savdo belgisi ostida mahsulotlarni ishlab chiqarish zavodlarini Qozog‘iston Respublikasida tashkil qilinishi qo‘shni respublikada davlat xaridlari doirasida o‘tkaziladigan tenderlar, tanlovlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun 20 foizgacha bo‘lgan narx preferensiyasi mexanizmidan unumli foydalanishga va ishlab chiqarishda foydalaniladigan ehtiyot qismlarni respublikamizdan eksport qilish natijasida eksport ko‘rsatkichlarini oshirish va Rossiya Federatsiyasi bozorlariga yanada faol kirib borish imkoniyatini yaratadi. 

Aytish lozimki, bugungi kunda, Artel savdo belgisi ostidagi mahsulotlar ishlab chiqarish zavodlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida va Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida tashkil qilingan. 

Tojikiston Respublikasida umumiy qiymati 5 mln. dollar bo‘lgan, yillik quvvati 60,0 ming dona elektr suv isitgichlari, 50 ming dona changyutgich ishlab chiqarish loyihasi muvafaqqiyatli amalga oshirilib, 150 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Loyihaning ikkinchi bosqichida yillik ishlab chiqarish quvvati 100,0 ming dona televizor hamda 50,0 ming dona kir yuvish mashinalari ishlab chiqarishni tashkil qilish rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida yillik quvvati 60,0 ming dona kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan zavod faoliyat olib bormoqda. 

Shuningdek, Artel savdo belgisi ostidagi mahsulotlar geografiyasini va faoliyatini kengaytirish maqsadida Islom taraqqiyot banki va Yevropaning HSBC banki yordamida Afrika davlatlarida savdo hamkorliklari va ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha o‘rganish va muzokaralar olib borish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing