“Arsenal” “Siti” futbolchisini sotib olishiga ishonmoqda

Sport

image

Londonning “Arsenal” jamoasi “Manchester Siti” hujumchisi Gabriel Jesusni xarid qilishiga ishonmoqda. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

Qayd etish joizki, “Siti” Erling Xolandni sotib olgach, Jesus ikkinchi darajali hujumchiga aylanib qolishi mumkin.  Shu sabab braziliyalik hujumchi imkon qadar tezroq klubini almashtirmoqchi. Biroq Gabriel yangi jamoasi ham Angliyadan bo‘lishini xohlaydi va boshqa chempionat vakillaridan tushgan takliflarni o‘rganib chiqmaydi.

Ta’kidlash kerakki, “kanonirlar” tomonidan 26 yoshli hujumchiga berilgan birinchi taklifning miqdori 30 million funt edi. Endilikda “Arsenal” taklifning hajmini 50 million funtga ko‘tardi. Bu “shaharliklar” Jesus uchun olishni mo‘ljallagan puldir.

Bundan tashqari, "Arsenal" "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tiyelemansni ham klubga olib kelishni mo‘ljallamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Gabriel Jesus Angliya Premer ligasining 26 o‘yinida 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 50 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing