“Arsenal” “Barselona” futbolchisini tarkibiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

Londonning "Arsenal" klubi "Barselona" vingeri Usmon Dembelega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Football London” nashri xabar berdi.

Fransiyalik futbolchining “ko‘k anorranglilar” bilan imzolagan shartnomasi joriy yilning yozida yakunlanadi. Kataloniya klubi Usmon Dembele istayotgan 10-15 million yevro maoshni bermoqchi emas. 24 yoshli futbolchi kattaroq pul ishlash imkoniyati mavjud bo‘lib turgan paytda, katta ehtimol bilan “Barselona” taklif qilayotgan pulga yangi shartnoma imzolamaydi.

“Arsenal”dan tashqari fransiyalik futbolchiga “Manchester Yunayted” va PSJ klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Dembele “Barselona” safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali fransiyalik iqtidor egasini 30 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing