500 yil muz tubida yotgan bolalar jasadi o‘rganilmoqda
Olam
−
13 noyabr 2019
57720Arxeologlar bundan 20 yil avval muz ostidan topilgan 500 yillik bolalar jasadini o‘rganishga kirishdi. Taxminlarga ko‘ra jasad 14-15 yoshli o‘spirin qizga tegishli. Jasadning muz ichidaligi yaxshi saqlanishiga hissa qo‘shgan.
Uning yonida yana ikki yosh qurbonning muzlatilgan jasadlari topildi: biri yetti yoshli bola, ikkinchisi olti yoshli qizaloq. An’anaviy DNK tahlilining o‘rniga, olimlar to‘qimalardagi oqsillarni tekshirib ko‘rdi va sog‘lom qizda sil kasalligiga o‘xshash bakterial o‘pka infeksiyasi borligi aniqlandi. Bunday infeksiya birinchi marta mumiyada aniqlangan.
New-York universitetining tadqiqotchisi Anjelika Kortels boshchiligidagi guruh mumiya (“Qiz” deb nomlangan) namunalarini o‘rganishdi. Noyob mumiya 1999 yilda Argentina va Chili chegarasida dengiz sathidan 6739 metr balandlikda ko‘tarilgan Llullaillaco vulqoni yonida topilgan.
Uch mumiya topildi, ular misrlik “sheriklaridan” farqli o‘laroq, chuqur muzlatilgan. Etti yoshli bolaning jasadi ham o‘rganilgan, ammo olimlar hali olti yoshli qizchaning qoldiqlarini tekshirishga qaror qilishmagan.
Balki uchta bolani qurbon qilishgan bo‘lishlari ham mumkin. Bu ularning yonidagi eksponatlardan dalolat beradi: oltin, kumush, kiyim-kechak, oziq-ovqat idishlari va noma’lum qushlarning oq patlardan yasalgan bosh kiyim. Tarixchilarning ta’kidlashicha, bolalar go‘zalliklari uchun tanlangan (bundan tashqari, bolalar katta yoshlilarga qaraganda beg‘ubor bo‘lishi hisobga olingan bo‘lishi ham mumkin).
Aslida inklar ko‘p hollarda bolalarni qurbon qilishmagan. Oldingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki: bolalarni qurbon qilishdan oldin, ular yil davomida “oliysifat” mahsulotlari – makkajo‘xori va quritilgan lama go‘shti bilan oziqlantirilgan, bungacha esa ular odatda kartoshka va sabzavotlardan iborat dehqon taomlarini iste’mol qilishgan.
LiveBarchasi