Armanistonning Qorabog‘dagi harbiy jinoyatlari tergov qilinadi

Olam

image

Armaniston Qurolli kuchlarining Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy jinoyatlarini tergov qilish bo‘yicha komissiyasi tuzildi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Turkiya, Ozarbayjon va boshqa bir qator davlatlardan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, diplomatlar, jurnalistlar va olimlar “Qorabog‘dagi harbiy jinoyatlarni tergov qilish komissiyasi” nomli tuzilmani tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan.

Komissiya bayonotiga ko‘ra, Ozarbayjon ekologiya va tabiiy resurslar vazirining o‘rinbosari Firdovsi Aliyevning iltimosiga binoan, Jahon turkiy yozuvchilari uyushmasi raisi Solih Kurt va Islom mamlakatlari olimlari uyushmasi rahbari professor Bayram Altan tashkilot tarkibini shakllantirishni boshlagan. Hozirda bu jarayon o‘zining so‘nggi bosqichiga kirdi.

Komissiya ishida 30 ga yaqin mamlakatdan sobiq elchilar, universitet rektorlari, olimlar, harbiylar, tarixchilar, huquqshunoslar, yozuvchilar, jurnalistlar, urush muxbirlari, sotsiologlar, psixologlar, muxbirlar va maslahatchilar ishtirok etadi.

Solih Kurt komissiya raisi etib saylandi, Bayram Altan Ekspert kengashi raisi o‘rinbosari va rahbari lavozimini egallaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing