Armanistonda yana namoyishlar: 21 kishi hibsga olindi

Olam

image

Armanistonning amaldagi Bosh vaziri Nikol Pashinyanga qarshi namoyishlarda politsiya 21 kishini hibsga oldi. Bu haqda Respublika politsiyasiga asoslanib “news.am” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, namoyishlar Hukumat binosi yaqinidagi Yerevanning asosiy maydonida bo‘lib o‘tgan. Aksiyada siyosatchilar, jamoat arboblari, madaniyat va san’at xodimlari ishtirok etgan. 

TASS muxbirining xabar berishicha, namoyishchilar politsiya bilan janjal uyushtirgan va Hukumat binosiga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. 

“Biz binoga kirib, Pashinyanning iste’foga chiqishini talab qilmoqchimiz”, degan namoyishchilardan biri.

Pashinyanning iste’fosini talab qiluvchi namoyishlar o‘tgan yilning 10 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan tomonidan Tog‘li Qorabog‘ kelajagi to‘g‘risida bayonot e’lon qilinganidan so‘ng boshlandi.

Tomonlar mintaqada o‘tgan yilning sentyabr oyi oxiridan beri davom etib kelayotgan jangovar harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib oldi va Yerevan Tog‘li Qorabog‘ hududlarining bir qismi ustidan nazoratni yo‘qotdi. Armanistonda ko‘pchilik bu kelishuvlarni harbiy va siyosiy mag‘lubiyat deb hisobladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing