Armanistonda siyosiy inqiroz: Pashinyan aholini qanday tinchlantirmoqda?

Olam

image

Avvalroq Armanistonda siyosiy muvozanat izdan chiqqani, harbiylar mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgani va namoyishlar bo‘layotgani haqida xabar bergan edik.

Yerevanda keskinlikning kuchayishi ortidan Pashinyan o‘z tarafdorlari bilan poytaxt ko‘chalari bo‘ylab yurish o‘tkazdi va Respublika maydonida bir necha bayonotlar berdi:

“Mening barcha askarlar zobitlar va generallarga buyrug‘im – o‘z burchingizni bajaring, Armanistonning chegaralari va hududiy yaxlitligini himoya qiling. Bu mening buyrug‘im va uni hech kim buza olmaydi”.

Pashinyan iste’fosini talab qilayotgan zobitlarga javob berar ekan, armiya siyosiy jarayonlarda qatnasha olmasligini va u faqat saylangan Hukumatga bo‘ysunishi kerakligini ta’kidlagan.

“Mening hokimiyatdan ketishimni xalq hal qilishi kerak”, deydi Pashinyan.

Armaniston muxolifatining yetakchisi Manukyan esa parlament atrofida barrikadalar (sun’iy to‘siqlar – tahr.) qurishga chaqirmoqda. Pashinyan muxolifatni norozilik namoyishini tugatishga va tinch muloqot boshlashga da’vat etdi.

Bosh vazir shuningdek, raqiblari chegaradan chiqadigan bo‘lsa, hibsga olinishlarini ogohlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, Pashinyan bunga qadar Vazirlar Mahkamasi rahbarini xalqqa nisbatan harbiy kuch ishlatmaslikka chaqirgan Armaniston Qurolli quchlari Bosh shtabi rahbarini, shuningdek ushbu shtabning yuqori lavozimdagi boshqa bir a’zosini ham lavozimidan ozid qilish haqida qaror chiqargan. Bu esa o‘z navbatida, armiyaning noroziligiga sabab bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing