Armaniston yana Ozarbayjonni o‘qqa tutdi

Olam

image

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bugun, 16 dekabr kuni arman bo‘linmalari respublika hududlarini yana o‘qqa tutgani haqida xabar berdi. 

Vazirlikning ma’lum qilishicha, Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Ozarbayjonning chegaradosh Kalbajar va Tovuz viloyatlari aholi punktlari yo‘nalishida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini o‘qqa tutgan. Otishma turli kalibrli o‘q otish qurollaridan amalga oshirilgan. 

Mudofaa vazirligi, shuningdek, Rossiya harbiy kontingenti vaqtincha joylashgan hududlarda faoliyat yuritayotgan noqonuniy arman qurolli guruhlari a’zolari Xo‘javand yo‘nalishida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini o‘qqa tutgani haqida xabar berdi. 

Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari tegishli javob choralarini ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

139

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing