Armaniston Ozarbayjon ustidan BMTga shikoyat qildi
Olam
−
21 dekabr 2022 1903 2 daqiqa
Armaniston mintaqadagi gumanitar vaziyatni baholash uchun (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘ga missiya yuborishga chaqirmoqda. Bu haqda respublikaning BMTdagi vakili Mger Margaryan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Biz BMT Xavfsizlik Kengashini Ozarbayjondan 2020 yil 9 noyabrdagi uch tomonlama deklaratsiya qoidalarini to‘liq bajarishni hamda Lochin yo‘lagi blokadasini zudlik bilan va so‘zsiz olib tashlashni talab qilish, transport aloqasini xavfsiz va ishonchli tashkil etish yo‘lidagi barcha to‘siqlarni bartaraf etish va BMT agentliklarining Tog‘li Qorabog‘ga to‘siqsiz gumanitar kirishini ta’minlab, mahalliy gumanitar vaziyatni baholash uchun Tog‘li Qorabog‘ va Lochin yo‘lagida faktlarni aniqlash missiyasini joylashtirish choralarini ko‘rishga chaqiramiz”, deya margaryanning so‘zlaridan iqtibot keltirmoqda “Armenpress”.
Shuningdek, Armaniston BMT Xavfsizlik Kengashini xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha o‘z burchini bajarishga, tegishli choralar ko‘rishga va Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘ xalqiga ekzistensial xavf tug‘dirayotgan agressiv harakatlarini so‘zsiz qoralashga chaqirgan.
14 dekabr kuni Armaniston Ozarbayjonni Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘yishni majburlash talabi bilan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qildi. 12 dekabr kuni Ozarbayjon ekologik nodavlat notijorat tashkilotlarining bir guruh faollari Qorabog‘dagi Lochin-Shusha yo‘lida Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashgan hududlarda tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanishga qarshi norozilik aksiyasini boshladi. Ekologik faollar chodirlar o‘rnatib, “noqonuniy ekspluatatsiya ko‘paygani kuzatilayotgan” Qizilbulog‘ va Damirli konlariga yetib bormaguncha ketish niyatida emasliklarini aytishdi.
Baku norozilik aksiyasidan maqsad hech qanday yo‘lni to‘sib qo‘yish emasligini, fuqarolik vositalari har ikki yo‘nalishda ham erkin harakatlana olishini bildirdi.
Live
Barchasi