Armaniston Ozarbayjon pozitsiyalarini o‘qqa tutdi – Baku

Olam

image

Ozarbayjon armiyasining Armaniston bilan chegaradagi pozitsiyalari o‘qqa tutildi. Bu haqda bugun, 16 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“15 sentyabr soat 23:55 dan 16 sentyabr kuni 00:35 gacha Armaniston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari Chemberek tumanidagi Jil va Basarkechyar viloyatidagi Dere aholi punktlari yo‘nalishidagi pozitsiyalaridan Gadabay viloyatidagi Eyriveng va Galakend aholi punktlari yo‘nalishidagi Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini bir necha bor o‘qqa tutdi”, deyiladi xabarda.

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ozarbayjon Qurolli kuchlari bo‘linmalari “ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha javob choralarini ko‘rgan”.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon qo‘shinlarini Armaniston bilan chegarada jamlaganini iddao qilgandi. Ozarbayjon tomoni esa buni rad etib, aksincha Armaniston o‘z qo‘shinlarini Ozarbayjon bilan chegara yaqiniga to‘playotganini da’vo qilgandi. 11 sentyabr kuni Armaniston AQSH tinchlikparvar kuchlari bilan “Eagle Partner 2023” qo‘shma mashg‘ulotlarini boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing