Armaniston madaniy genotsidda ayblandi

Olam

image

Armaniston istilosi yillarida vayron bo‘lgan respublika hududlarini tiklash davom etayotgan bir paytda Ozarbayjon UNESCO bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor. Bu haqda kecha, 7 dekabr kuni Bakuda bo‘lib o‘tgan “UNESCO konvensiyalarining madaniy boyliklarni saqlashdagi o‘rni va ularni qo‘llashni takomillashtirish jihatlari” mavzusidagi anjumanda Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mahmud Mammadguliyev ma’lum qildi. 

Mammadguliyev Baku ishonchli hamkor sifatida tashkilot g‘oyalari va qadriyatlarini targ‘ib etishda doimo qo‘llab-quvvatlab, o‘z hissasini qo‘shib kelganini, Ozarbayjon madaniyatining o‘n to‘qqiz namunasi allaqachon UNESCO’ning nomoddiy merosi ro‘yxatiga kiritilganini eslatdi. 

Respublika hududlarini deokkupatsiya qilish mavzusiga qaytgan Mammadguliyev Armaniston o‘nlab yillar davomida Ozarbayjonning madaniy qadriyatlarini muntazam ravishda yo‘q qilib, noqonuniy ravishda egallab olganini ta’kidladi. 

“Madaniy genotsid bo‘ldi”, deydi vazir o‘rinbosari. 

U Yerevanni mintaqadagi buzg‘unchi qadamlardan tiyilishga chaqirdi, shuningdek, Bakuni UNESCO bilan kelgusi hamkorlikka tayyorligiga ishontirdi. 

Ayni paytda Ozarbayjon madaniyat vaziri Anar Karimov UNESCO’ni o‘z vakolatlarini bajarishga chaqirgandi. 

Vazirning eslatishicha, Ozarbayjon Armaniston tomonidan bosib olingan yerlar ozod qilinganidan keyin mintaqadagi vandalizm oqibatlarini qayd etish talabi bilan bir necha bor UNESCO’ga murojaat qilgan. 

"UNESCO’ning siyosiy sabablarga ko‘ra o‘z texnik missiyasini bajara olmagani uning obro‘siga jiddiy putur yetkazdi", deb ta’kidladi Karimov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made