Rossiya mehnat migrantlari uchun ishchi vizasini joriy etmoqchi

Jamiyat

image

Rossiya mamlakatga ishlash ishlash uchun keluvchilarga ishchi vizalarini joriy qilmoqchi. Bunga pandemiya davrida ishsizlar soni ortgani va ular o‘rtasida jinoyatchilik ko‘paygani asosiy sabab etib belgilandi.

Mamlakat Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev mamlakatning bir qator sub’ektlarida migrantlar orasida jinoyatchilik o‘sayotgani va bu holatlarning oldini olish maqsadida hududiy rahbarlar qo‘shimcha choralar ko‘rishi lozimligini aytgan.

Ushbu topshiriqdan so‘ng Superjob tadqiqotlar markazi mamlakat aholisi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi va unda ishtirok etganlarning qariyb 60 foizi mehnat migrantlari uchun ishchi vizalarini berish tartibini murakkablashtirish taklifini qo‘llab-quvvatlagan.

“Yangi qoidalarga ko‘ra, mehnat migranti ish beruvchi uning ish joyini tasdiqlagan taqdirda Rossiyaga kirishi mumkin bo‘ladi. Koronavirus pandemiyasi davrida mehnat migrantlarining 40 foizi ishsiz qolgan va bu Rossiyada jinoyatchilikning o‘sishiga sabab bo‘lishi mumkin”, deydi Dmitriy Medvedev.

Ma’lumot uchun, Rossiya migrantlar soni bo‘yicha Germaniyadan keyin Yevropada ikkinchi o‘rinda turadi. Mamlakatga 2019 yilda 11,6 million muhojirlar kirib kelgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing