Armaniston harbiy va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan – Aliyev
Olam
−
01 noyabr 2021
4909Armaniston Ikkinchi Qorabog‘ urushi davomida harbiy va insoniyatga qarshi jinoyat sodir etdi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiy tilli davlatlar kengashiga a’zo davlatlar Bosh prokurorlarining ilk majlisidagi murojaatida aytib o‘tdi.
Aliyevning qayd etishicha, Ikkinchi Qorabog‘ urushi paytida arman armiyasi tinch aholiga taqiqlangan qurollardan foydalangan holda hujum qilgan.
Ushbu harbiy jinoyatlar natijasida 100 dan ortiq tinch aholi, jumladan, 11 bola halok bo‘ldi, 450 dan ortiq kishi yaralandi, deya eslatgan Prezident. Armaniston, shuningdek Ozarbayjonga qarshi yollanma jangchilarni ham ishga solgan.
Aliyevning qo‘shimcha qilishicha, urushdan keyin Armaniston tomonidan o‘rnatilgan minalarning portlashi natijasida 150 dan ortiq Ozarbayjon fuqarosi halok bo‘ldi yoki yaralandi.
“Armanistonning bu harakatlarining barchasi harbiy jinoyat va insoniyatga qarshi jinoyatdir. 44 kunlik urush natijasida Ozarbayjonning o‘zi BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari, xalqaro huquq norma va tamoyillarini bajargan holda o‘zining hududiy yaxlitligini tikladi”, degan Aliyev.
Shundan so‘ng Ozarbayjon Prezidenti mintaqada yangi voqelik shakllanganini qayd etdi.
LiveBarchasi