Arman terrorchilari o‘ldirgan turk diplomatlari AQSHda xotirlanyapti 

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari poytaxti Vashingtonda turli yillarda Armaniston terroristik tashkilotlari jangarilari tomonidan o‘ldirilgan turkiyalik diplomatlar va ularning oila a’zolari xotirasiga bag‘ishlangan "Shahid diplomatlar" ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ko‘rgazma 1973-1984 yillarda arman terrorchilarining tahdidlariga qaramay o‘z faoliyatini davom ettirgan diplomatlar mehnati haqida hikoya qiladi.

Turkiyaning Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar fondi (SETA) Vashington vakolatxonasi rahbari Qilich Bugra Kanatning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rgazmaning asosiy maqsadi 1970 va 1980-yillar o‘rtalarida ASALA (Armanistonni ozod qilish uchun arman maxfiy armiyasi) qurboniga aylangan diplomatlar xotirasini hurmat qilishdir.

Shuningdek, Qilich Bugra Kanat AQSH hukumati Armanistonga yon bosayotgan paytda ushbu ko‘rgazmaning ochilgani haqida ham gapirgan.

"Bugungi kunda, Qo‘shma Shtatlarda Armaniston masalasi shu qadar dolzarb bo‘lib qolgan va 1915 yildagi voqealar doimiy ravishda siyosiylashtirilib turgan paytda, 30-40 yil oldin Armaniston terroristik tashkiloti tomonidan o‘ldirilgan diplomatlar xotirasini hurmat qilish juda muhimdir", degan Kanat.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘rgazmada dunyoda Turkiyaning vakili bo‘lgan, “ilmli” hukumat amaldorlariga qaratilgan muntazam teraktlar va suiqasdlarning barcha tafsilotlari aks ettirilgan. Unda xronologik tartibda armanistonlik terrorchilar tomonidan sodir etilgan teraktlar va qotilliklarni tasvirlaydigan fotosuratlar va grafikalar ham namoyish etiladi. Qolaversa ushbu ko‘rgazmada sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yuqori aniqlikda qayta ishlangan, vafot etgan turkiyalik diplomatlarning hikoyalari aks etgan maxsus rasmlarni ham ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, ko‘rgazma Armaniston va dunyoning qator davlatlari 1915 yildagi voqealarni siyosiylashtirib, eslatib turadigan 24 aprel kuni ochilgan.

Shuningdek, unda Turkiyaning 1915 yil voqealariga oydinlik kiritish va haqiqatlarni oshkor qilish borasidagi sa’y-harakatlari urg‘ulangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘rgazma dastlab Istanbulda 24 aprelda, keyin esa Los-Anjelesda tashkil etilgan. Keyingi shunga o‘xshash ko‘rgazma Nyu-Yorkda ham ochiladi.

Ma’lumot uchun, ASALA va JCAG kabi Armaniston terroristik tashkilotlari 1970 va undan keyingi yillarda jami 58 nafar Turkiya fuqarosini o‘ldirgan. O‘sha yillarda arman terrorchilari qurboniga aylangan turkiyalik diplomatlar va ularning oila a’zolari soni 31 kishini tashkil etadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing