“Arqadag‘” norozi: teatrlarda “xalqning baxtli hayoti” haqida spektakllar kamaygan

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat Madaniyat vaziri Atageldi Shamiradovga so‘nggi ogohlantirish bilan tanbeh berdi va kamchiliklarni iloji boricha tezroq tuzatishni talab qildi. U teatrlarda “xalqning baxtli hayoti” to‘g‘risida spektakllar yo‘qligidan norozi. Bu haqda “Neytral Turkmaniston” gazetasi xabar bermoqda.

Joriy yilning 7 fevral kuni madaniyat va ommaviy axborot vositalari faoliyatiga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilishda Berdimuhamedov “xalqning bugungi yutuqlari va baxtli hayotini madh etuvchi yangi spektakllar madaniyat markazlari va teatrlarida namoyish etilmayotgani, bu haqdagi qisqa sahnali spektakllar kamligini ta’kidlagan.

Prezident Turkmaniston televideniye, radioeshittirish va kinematografiya davlat qo‘mitasi raisi hamda televideniye va radiokanallari rahbarlariga murojaat qilib, Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan dasturlarni muntazam ravishda chiqarishni buyurgan.

Bundan tashqari, Berdimuhamedov mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan barcha ommaviy tadbir, tantana va teatrlashtirilgan tomoshalarni ushbu sohadagi zamonaviy yutuqlardan foydalangan holda o‘tkazishni buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing