“Arqadag‘” Kaspiyda. Baliqchilar Berdimuhamedovni sho‘rva bilan siyladi

Olam

image
Joriy yilning 13 yanvar kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov neft-gaz konini ko‘zdan kechirish uchun Bolqon viloyatiga tashrif buyurdi. U yerda baliqchilar Prezidentni baliq sho‘rva bilan mehmon qildi va unga bag‘ishlangan qo‘shiqni kuylab berdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar bermoqda.
 
Qayd etilishicha, dastlab davlat rahbari neft-gaz konini ko‘zdan kechirgan, so‘ng Kaspiy dengizning baliq ovlash zonasiga borib, Gogerendag‘ Eseng‘uliy qishlog‘ida yashovchi baliqchilar bilan uchrashgan. 
 
“Baliqchilar Prezidentga o‘zlarining baxtli hayoti haqida so‘zlab berib, mahalliy tijorat baliqlarining turlarini, jumladan, quritilgan baliqlarni namoyish etdi.
 
Berdimuhamedov bilan uchrashgan baliqchi 10 yildan beri baliqchilik bilan shug‘ullanishi va buni otasidan o‘rganganini so‘zlab berdi. Shundan so‘ng ularga boshqa baliqchilar ham kelib qo‘shildi va Prezidentning tashrifidan benihoya quvonganini bildirdi”, deyiladi xabarda.
 
Prezidentning dengizga chiqish chastotasi va olinadigan daromad haqida savollariga baliqchilar o‘z kasbidan mamnun ekanini aytib, oyiga 10-12 marta dengizga chiqishlarini va 40-50 kilogramm baliq tutishlarini bildirgan. Bu oilani boqish va sotish uchun yetarli ekan.
 
So‘ngra baliqchilar davlat rahbarini baliqdan tayyorlangan taom bilan mehmon qilgan va Berdimuhamedovning o‘ziga bag‘ishlangan “g‘azal” milliy qo‘shig‘ini kuylagan.
 

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

444

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing