“Arqadag‘”dan yangi kitob. Bu safar dorivor o‘simliklar haqida

Olam

image

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Turkmaniston Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Vazirlar mahkamasining majlisi yakunida “Turkmanistonning dorivor o‘simliklari” ilmiy-ensiklopedik asarining 13-jildini yozib tugatganini ma’lum qildi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” nashri xabar berdi

Berdimuhammedovning ta’kidlashicha, yangi kitobning chiqarilishi sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati xodimlari kuniga to‘g‘ri keladi.

Ma’lum qilinishicha, Turkmaniston rahbari Bosh vazir o‘rinbosari Sapardurdi Toylevga bayramda shifokorlarga yangi nashrning uyushgan holda taqdim etilishini ta’minlashni topshirgan.

Mahalliy OAVga ko‘ra, bu Turkmaniston Prezidenti tomonidan 2021 yilda yozilgan uchinchi kitobdir. Joriy yilning may oyida poytaxtning 140 yilligi munosabati bilan Berdimuhammedovning “Oq Ashxobod shahri”, mustaqillikning 30 yilligi arafasida “Mustaqillik – bizning baxt” kitoblari nashr etildi.

Umuman olganda, Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov turkman tarixi, axalteke otlari, turkman gilamlari, musiqa, choy, maqollar, turkman alabayi, sportga bag‘ishlangan turli mavzulardagi kitoblar muallifi hisoblanadi. Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ochilgan Gurbanguli Berdimuhamedov asarlarining elektron kutubxonasida 60 dan ortiq kitoblar bor, ularning aksariyati chet tillariga tarjima qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing